locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya ustidan g‘alaba qozondi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya ustidan g‘alaba qozondi
Rasm: Zamin.uz O‘zbekiston terma jamoasi U17

30 mart kuni O‘zbekistonning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. O‘yin Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi «Al-Ittihod» bazasida bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobi bilan o‘zbekistonlik futbolchilar foydasiga yakunlandi. Bu 3-apreldan 20-aprelgacha davom etadigan Osiyo kubogi oldidan so‘nggi o‘yin edi.

O‘zbekiston Tailand, Saudiya Arabistoni va Xitoy bilan birga A guruhida o‘rin olgan.
O‘zbekistonning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi tarkibi:
21.Ne’matullo Rustamjonov, 2.Hojiakbar Botiraliyev, 3.Muhammad Hakimov, 4.Mo‘minxon Bahodirxonov (k), 7.Sadriddin Hasanov, 9.Nurbek Sarsenbayev, 11.Sayfiddin Sodiqov, 14.Behruz Saidmurodov, 15.Muhammadali Musaxonov, 18.Abubakir Shukurullayev, 19.Azizbek Yerimbetov.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
O‘zbekiston - Janubiy Koreya 2:1
Gollar: Nurbek Sarsenbayev 13, Jamshidbek Rustamov 63 - Chon Xi Chon 4.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting