O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi
Yangi ko‘rsatkichga ko‘ra, yurtimiz jamoasi Osiyoda kuchli oltitalikka kirdi
Rasm: UFA
FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 55-o‘rinni egalladi.
Shu bilan birga, milliy jamoa Osiyo terma jamoalari orasida 6-o‘rinda qayd etildi. Bu ko‘rsatkich terma jamoamiz so‘nggi oylarda xalqaro o‘yinlarda qayd etgan muvaffaqiyatli natijalarining samarasi sifatida e’tirof etiladi.
Bakradze Iman
Redaktor