locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston terma jamoasi uchta uchrashuv yakunida jami 6,88 ochko ishlab oldi.
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi
Фото: ЎФА

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) oktabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan so‘ng milliy jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘ona yuqorilab, 1416,61 ochko bilan jahon reytingida 59-o‘rinni egalladi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa FIFA kunlari doirasida uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. O‘zbekiston Eron va Suriya milliy jamoalari ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Koreya Respublikasiga imkoniyatni boy berdi.

Ushbu bahslar natijasida «oq bo‘rilar» hisobidagi ochkolar quyidagicha o‘zgardi:

  • Eronga qarshi g‘alaba — +6,83 ochko;
  • Suriyaga qarshi g‘alaba — +3,75 ochko;
  • Koreya Respublikasiga qarshi mag‘lubiyat — −3,70 ochko.

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi uchta uchrashuv yakunida jami 6,88 ochko ishlab oldi. Bu natija jamoaga FIFA reytingida bir pog‘ona yuqorilash imkonini berdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting