locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 1 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston Osiyo qit’asining eng kuchli 6 jamoasidan biri bo‘lib turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 1 pog‘ona yuqoriladi
Фото: ЎФА

FIFA milliy terma jamoalar reytingini yangilaganini e’lon qilindi.

Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1453,31 ochko bilan bir pog‘ona yuqorilab, 54-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida CAFA Nations Cup turnirida ishtirok etdi. “Oq bo‘rilar” mazkur musobaqada 4 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etdi. Ushbu natijalar evaziga milliy jamoa FIFA reytingida o‘z hisobiga 4,19 ball qo‘shib oldi.

O‘zbekiston Osiyo qit’asining eng kuchli 6 jamoasidan biri bo‘lib turibdi. Ulardan oldingi o‘rinlarni Yaponiya (1640,47), Eron (1622,61), Janubiy Koreya (1593,19), Avstraliya (1583,49) va Qatar (1453,65) egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting