locale OZ

O‘zbekiston terma jamoasi CAFA turniri oldidan yig‘in boshladi

Timur Kapadze maqsadlar va muhim o‘yinlar haqida fikr bildirdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Championat Asia

26 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Milliy futbol markazida CAFA turniri uchun tayyorgarlik yig‘inlarini boshladi. Jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze yig‘inning birinchi kunida maqsad va rejalar haqida gapirdi.

— Assalomu alaykum, hurmatli muxlislar. Biz yig‘inni boshladik va maqsadimiz — CAFA musobaqasida yaxshi natijaga erishish. Ba’zi futbolchilar bugungi tur sabab yig‘inga qo‘shila olmadi, ammo ertaga ular ham biz bilan bo‘ladi. Legionerlar esa bir necha kundan keyin yetib kelishadi. Hozircha mavjud futbolchilar bilan ishlayapmiz va birinchi o‘yinimizga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, — dedi Kapadze.

Bosh murabbiy terma jamoada har bir futbolchining o‘rniga to‘xtalib, Jaloliddin Masharipovning ahamiyatini alohida ta’kidladi:

— Har bir futbolchining o‘z o‘rni bor. Masharipov jamoani kuchaytirishga qodir muhim futbolchi. U tez orada safga qaytadi, deb o‘ylayman, — dedi u.

Kapadze 30 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Ummon termasiga qarshi bahsni alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etdi:

— Ummon yangi murabbiy Karlush Keyrush qo‘l ostida maydonga tushadi. Bu jamoa biz uchun kuchli raqib va yaxshi sparring bo‘ladi. Legionerlarimiz ishtirok eta olmasa-da, boshqa futbolchilarga ishonamiz va eng yaxshi natija uchun kurashamiz, — dedi u.

O‘zbekiston – Ummon uchrashuvi 30 avgust kuni “Olimpiya” stadionida soat 19:30 da start oladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting