locale OZ

O'zbekiston Superligasi ilk bor xorijda namoyish etiladi

Translyatsiyalar “Paxtakor” - “Nasaf” bahsidan boshlangan.
O'zbekiston Superligasi ilk bor xorijda namoyish etiladi
Foto: Getty Images

Toshkentning “Paxtakor” klubi ishtirokidagi O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlari endilikda Iroqda ham namoyish etiladi. Iroqning Al Rabiaa Sports telekanali “Paxtakor”ning chempionat o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan.

Manbaga ko‘ra, “Paxtakor” uchrashuvlari Iroq hududida eksklyuziv tarzda namoyish etiladi. Translyatsiyalar “Nasaf”ga qarshi Superliga bahsidan boshlangan.

Iroq OAV'larida ushbu qaror “Paxtakor” safida mamlakat terma jamoasi futbolchilari Ayman Husayn, Bashar Resan va Zayd Tahsin to‘p tepayotgani bilan ham bog‘lanmoqda. Shu sabab Toshkent klubining uchrashuvlariga iroqlik futbol muxlislarining qiziqishi oshgani qayd etilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozircha Al Rabiaa Sports tomonidan aynan O‘zbekiston Superligasidagi “Paxtakor” uchrashuvlarini namoyish etish tasdiqlangan. O‘zbekiston Kubogi bahslari ham ushbu translyatsiya paketiga kirishi borasida aniq ma’lumot e’lon qilinmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting