locale OZ

O'zbekiston Superkubogiga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Superkubogiga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi
FOTO: UZPFL

Joriy yilning 27-may kuni O'zbekiston Superkubogi doirasida mamlakatning amaldagi chempioni “Nasaf” va Kubok sohibi “Andijon” o'zaro to'qnash keladi.

O'zPFL matbuot xizmatining xabariga ko'ra, mazkur bellashuvga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi. Liga va stadion, shuningdek, final uchrashuvining titul homiysi bo'lgan UZCARD ushbu masalada o'zaro kelishib olgan.

Reglamentdan kelib chiqib, mamlakat chempioni sifatida “Nasaf” uchrashuvning nominal mezboni bo'ladi. Superkubok o'yini bilan bog'liq qolgan detallar har ikki klub bilan o'zaro kelishib olinadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting