locale OZ

O‘zbekiston Superkubogi-2026. Andijon o'yinga mezbonlik qiladi

Superkubok bellashuvi 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston Superkubogi-2026. Andijon o'yinga mezbonlik qiladi
Фото: UzPFL

Uzoq tanaffusdan keyin Superliga chempionligini qo‘lga kiritgan “Neftchi” hamda mamlakat kubogining amaldagi g‘olibi “Paxtakor” o‘rtasidagi Superkubok o‘yini Andijonda o‘tkaziladi.

Taqvim rejaga ko‘ra, Superkubok bellashuvi 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi. So‘nggi yillarda Liga Superkubok uchrashuvini may oyida o‘tkazib kelayotgandi. Biroq mamlakat bosh jamoasi Jahon kubogida ishtirok etadigan mavsumda muxlislar uchun ahamiyatli bo‘lgan super uchrashuv mart oyiga rejalashtirildi.

Superkubok o‘yiniga Olmaliq yoki Namangan shahridagi stadionlar ham mezbonlik qilishi mumkin edi. Biroq OKMK va Markaziy stadionlarida ta’mirlash ishlari davom etayotgan bo‘lib, ularning qayta ish boshlash sanalari aniq emas. Shundan kelib chiqqan holda, Andijondagi Bobur arena varianti eng maqbul variant deb topildi.

Bobur arena ketma-ket ikkinchi mavsum katta futbol uchrashuviga mezbonlik qiladi. Bir yil muqaddam O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi tarixda ilk bor Andijonda o‘tkazilgandi. Qayd etish kerakki, viloyat hozirga qadar Superkubok o‘yiniga mezbonlik qilmagan va mazkur voqelik ham Bobur arena uchun birinchisi hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting