locale OZ

Oʻzbekiston sinxron suzish terma jamoasi Osiyo chempionatini 16 medal bilan yakunladi

Yakuniy bahslarda vakillarimiz “A” va “C” guruhlari erkin dastur jamoaviy yoʻnalishlarida hamda “A” guruhi akrobatik jamoaviy dasturida kumush medallarga sazovor boʻldi.
Oʻzbekiston sinxron suzish terma jamoasi Osiyo chempionatini 16 medal bilan yakunladi
photo: suv sporti

Tailandda oʻtkazilgan yosh toifalari oʻrtasidagi suv sporti turlari boʻyicha Osiyo chempionatining soʻnggi bahs kunida Oʻzbekiston sinxron suzish terma jamoasi yana 3 ta kumush medalni qoʻlga kiritib, musobaqadagi ishtirokini munosib yakunladi.

Yakuniy bahslarda vakillarimiz “A” va “C” guruhlari erkin dastur jamoaviy yoʻnalishlarida hamda “A” guruhi akrobatik jamoaviy dasturida kumush medallarga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston sinxron suzish terma jamoasi qitʼa birinchiligini jami 16 ta medal - 3 ta oltin, 6 ta kumush va 7 ta bronza medal bilan yakunladi.

Bugun terma jamoa aʼzolari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Mazkur natija mamlakatimizda sinxron suzish sport turi izchil rivojlanayotgani, sportchilar hamda murabbiylar mehnati oʻz samarasini berayotganining yana bir yorqin tasdigʻi boʻldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting