locale OZ

Oʻzbekiston shaxmatchi tarixda ilk bor Nomzodlar turnirida ishtirok etadi

Goa shahrida Jahon kubogi uchun bahslar boʻlib oʻtmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston shaxmatchi tarixda ilk bor Nomzodlar turnirida ishtirok etadi
FOTO: FIDE

Bugun, 19 noyabr kuni, Hindistonning Goa shahrida o‘tayotgan 2025 yil Jahon kubogi chorak final bosqichi yakunlandi. Turnir yarim finaliga O‘zbekistonning ikki grossmeysteri — Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev yo‘l oldi.

Shu tariqa, ulardan biri tarixda ilk bor O‘zbekiston vakili sifatida Nomzodlar turnirida ishtirok etadigan shaxmatchiga aylanadi.

Yarim finalda Sindarov va Yakubboev bir-biriga qarshi bahs olib boradi. Demak, ulardan biri kamida ikkinchi o‘rinni egallashi aniq. Nomzodlar turniriga esa musobaqa yakunida eng yaxshi uchlik yo‘llanma oladi.

Jahon kubogining 11-bosqichi 31 oktabrdan 27 noyabrgacha Goa shahrida o‘tkazilmoqda. Turnirning mukofot jamg‘armasi 2 million dollarni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting