locale OZ

O‘zbekiston – Qatar uchrashuvini katta ekranda tomosha qilishni istaysizmi? “Moʻjiza”ga marhamat!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston – Qatar uchrashuvini katta ekranda tomosha qilishni istaysizmi? “Moʻjiza”ga marhamat!
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Milliy jamoamiz 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi so‘nggi turida 10 iyun, seshanba kuni Qatar milliy jamoasini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuv Samarqand shahridagi Moʻjiza amfiteatrida katta ekranda namoyish etiladi. O‘yindan oldin bayramona dastur ham rejalashtirilgan. Barchangizni 10 iyun kuni, soat 17:30dan “Moʻjiza” amfiteatrida (Mo‘ljal - Yoshlar markazi yonida) kutib qolamiz! Kirish bepul! O‘yin soat 18:45da boshlanadi.

O‘zbekiston – Qatar o‘yinidan keyin esa Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani Samarqandda ham katta bayram sifatida nishonlanadi!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting