O‘zbekiston — Qatar uchrashuvi uchun chiptalar narxi e’lon qilindi
10 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida jahon chempionati saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Qatar bilan so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi. Kecha, 3 iyun kuni ushbu o‘yinga chiptalar savdosi boshlandi. O‘tgan o‘yinda yuzaga kelgan soxta chiptalar muammosidan so‘ng, bu safar chiptalar faqat oflayn tarzda sotiladi. Oldingi uchrashuvda onlayn chiptalar qalbakilashtirilib, fuqarolarga noqonuniy ravishda sotilgan edi. Shu holatni oldini olish maqsadida chiptalar “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlari kassalari orqali tarqatilmoqda.
OAV xabarlariga ko‘ra, chiptalar narxi 75 000 so‘mdan boshlanadi. Markaziy sektordagi joylar uchun esa chipta narxi 500 000 so‘mni tashkil qiladi. Har bir fuqaro eng ko‘pi bilan 4 ta chipta xarid qilishi mumkin.