locale OZ

O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi chiptalari 3 iyundan sotuvga chiqadi

Mazkur o‘yin 10 iyun kuniga belgilangan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi chiptalari 3 iyundan sotuvga chiqadi
Photo: UFA

O‘zbekiston hamda Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2026 saralash bahsi uchun chiptalar savdosi boshlanadigan kun e’lon qilindi.

iTicket kompaniyasi va O‘FA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi o‘yinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirilishining oldini olish maqsadida faqat oflayn savdo tartibini joriy etadi.

Chiptalar 3 iyundan boshlab “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlaridagi iTicket kassalarida oflayn tarzda sotiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting