locale OZ

O'zbekiston - Qatar terma jamoalari o'yini \"Navbahor\" \"Markaziy\" stadionda monitorda namoyish etiladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston - Qatar terma jamoalari o'yini "Navbahor" "Markaziy" stadionda monitorda namoyish etiladi
Photo: gettyimages

Barchaga yaxshi ma'lum, Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 yo'llanmasini hal qildi. Terma jamoamiz mundial yo'lida saralash bosqichi doirasidagi so'ngi tur bahslardan birini 10-iyun kuni Toshkentda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 2026-yilgi mundial chiptasini qo'lga kiritgan terma jamoamiz yurtimiz futbolida yangi sahifa ochishga erishdi.

Shu munosabat bilan mamlakatimiz aholisining futbol, ayniqsa, terma jamoamizning o'yiniga bo'lgan qiziqishlarini inobatga olgan holda, respublikamiz bo'ylab so'ngi tur o'yini oldidan yurtimizning barcha hududlarida katta bayram tashkil etilib, joylardagi ahamiyatga molik nuqtalarda o'yindan jonli translatsiyasilar yo'lga qo'yilmoqda. Shundan kelib chiqib, Namangan viloyati aholisi uchun "Navbahor" jamoasi uy o'yinlarini o'tkazadigan "Markaziy" stadionda ham monitor tashkil etiladi.

O‘yingohga kirish bepul. Siz ham 10-iyun sanasida "Markaziy" stadionga tashrif buyurib, terma jamoamizning o'yinidan bahramand bo'ling hamda tarixiy g'alabani tantana qiling, aziz muxlislar!

O'yin 10-iyun kuni soat 18:45 da start oladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting