locale OZ

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi xalqaro turnirda Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi xalqaro turnirda Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi
Photo: UFA

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasida Yaponiyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Amirxon Erkinov vakillarimizni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq yaponiyaliklar qolgan vaqt davomida raqib darvozasini uch bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi va natijada 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruhning uch o‘yinida ham mag‘lubiyatga uchradi.

Yaponiya – O‘zbekiston 3:1

8 iyul. "Shenyang Urban" stadioni.

Gollar: Eito Takaki 38', Hiro Ogasavara 48', Eito Takaki penaltidan 75' – Amirxon Erkinov 23'

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting