O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Turkiya bilan durang qayd etdi
Bu jamoalar ishtirokidagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishgandi.
Фото: ЎФА
U17 jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun Turkiyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Butun bahs davomida har ikki jamoa yuqori temp bilan harakat qilib, g‘alaba uchun to‘p tepdi. Ammo jamoalarga bugun gol urish nasib etmadi.
Bu jamoalar ishtirokidagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishgandi.
U17 o‘rtoqlik o‘yini.
O‘zbekiston - Turkiya - 0:0
14 oktyabr. "Jar" stadioni.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist