O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Chilidan ustun keldi
Photo: ЎФА
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Chili bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida Islom Ismoilov shogirdlarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 35-daqiqada Azizbek Erimbetov hisobiga yozildi.
Ushbu yig‘in doirasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 13 iyun kuni Chili bilan ikkinchi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. 17 va 19 iyun kunlari Boliviya bilan ikki uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Chili 0:1 O‘zbekiston
Gol: Azizbek Erimbetov 35
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist