Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Milliy futbol markazida yigʻin boshladi
Oʻsmirlar jamoasi an'anaviy Rivojlanish kubogi xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi.
Фото: ЎФА
U-17 Osiyo Kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bugundan Milliy futbol markazida oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga kirishdi.
Sergey Chigodayev boshqaruvidagi jamoa yigʻinning ikkinchi qismini 18–24 fevral kunlari Minsk shahrida davom ettiradi va an'anaviy Rivojlanish kubogi xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi.
Oʻzbekistonliklar musobaqaning "B" guruhidan oʻrin olgan boʻlib, Belarus, Ozarbayjon va Rossiyaga qarshi bahs olib boradi.
19 fevral
Belarus – Oʻzbekiston
20 fevral
Ozarbayjon – Oʻzbekiston
21 fevral
Rossiya – Oʻzbekiston
Murabbiylar shtabi tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing:

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist