locale OZ

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Dubayda uchta o‘yinda maydonga tushadi

Bahslar “Al-Hamriya” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Dubayda uchta o‘yinda maydonga tushadi
Фото: ЎФА

2025 yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 18–31-oktabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etadi.

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Venesuela, Kot-d’Ivuar va Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bahslar “Al-Hamriya” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston — Venesuela
20-oktabr
“Al-Hamriya” stadioni

O‘zbekiston — Kot-d’Ivuar
23-oktabr
“Al-Hamriya” stadioni

O‘zbekiston — Burkina-Faso
29-oktabr
“Al-Hamriya” stadioni

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting