locale OZ

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi

O'yinda jami 6 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi
Фото: ЎФА

Bugun, 15 sentyabr kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Filippinga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston tarkibida Muhammadali O‘rinboyev 30-daqiqada hisobni ochdi. Saidumarxon Saidnurullayev 60 va 70-daqiqalarda ikki marta gol urdi. Ro‘ziboy Fayzullayev 72-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Filippin terma jamoasi safida Joshua Merino 63-daqiqada gol urgan bo‘lsa, O‘zbekistonning yana bir goliga Muhammadali Reimov 80-daqiqada mualliflik qildi.Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting