locale OZ

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga mag‘lub bo‘ldi

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga mag‘lub bo‘ldi
Фото: ЎФА
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
01.06.2026, Yak.
Kanada
2
O‘zbekiston
0

Kanadaning Edmonton shahrida O‘zbekiston va Kanada terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida Eldor Shomurodovda bir nechta golli vaziyatlar yuzaga keldi, ammo Eldor ularni golga aylantira olmadi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar tashabbusni qo‘lga oldi. 58-daqiqada Jonatan Osorio hisobni ochdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi daqiqalarida Jaden Nelson Kanadaning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan ilk o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi.

Kanadaga qarshi bahsdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 8 iyun kuni Nyu-York shahrida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting