locale OZ

O‘zbekiston olimpiya jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Qirg‘izistondan ustun keldi

Uchrashuvda jami 4 ta to‘p kiritildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston olimpiya jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Qirg‘izistondan ustun keldi
Photo: ЎФА

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston olimpiya jamoasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida Qirg‘izistonga qarshi o‘ynadi.

Unda o‘zbekistonlik futbolchilar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvda Samandar Mavlonqulov dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Oybek Urmonjonov nomiga yozildi. Qirg‘izistonliklarning yagona goliga esa Erbol Abduzahaparov mualliflik qildi.

Avvalroq O‘zbekiston olimpiya jamoasi Fransiya U-21 ga mag‘lub bo‘lgani ma’lum qilingandi.

O‘rtoqlik o‘yini

O‘zbekiston U-23 – Qirg‘iziston U-23 3:1

Gollar: Mavlonqulov 17, 55 (dubl), Urmonjonov 86 – Abduzahaparov 66.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting