O‘zbekiston oktyabrda Marokash bilan o‘ynashi mumkin
Bu haqda Morocco world news xabar berdi.
Фото: ЎФА
Marokashning Tenjer shahridagi “Grand” stadioni qayta rekonstruksiya qilindi. Stadionning tantanali qayta ochilish marosimida Marokash va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi reja qilingan. Bu haqda Morocco world news xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Marokash terma jamoasi Eritreyaga qarshi bahs o‘tkazishi rejalashtirilgandi, biroq bu terma jamoa o‘rtoqlik o‘yinini bekor qildi. Shundan so‘ng Marokash terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasiga taklif bilan chiqqan. Hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda.
O‘yin 6-14 oktyabr kunlari FIFAning xalqaro oynasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aniq sana hozircha ma'lum emas.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist