Oʻzbekiston Niderlandiyaga qarshi ikkinchi oʻyinda gʻalaba qozondi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Niderlandiyaga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Birinchi bahsdagi alamli mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan “oq bo‘rilar” bu safar kuchli raqib ustidan 2:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Vakillarimiz tarkibida gollarga Azizbek Amonov hamda Asadbek O‘lmasaliyev mualliflik qilishdi.
Uchrashuvda Fabio Kannavaro quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalandi: Botirali Ergashev, Abduvohid Nematov, Umar Eshmurodov, Abdulla Abdullayev, Sherzod Karimov, Sherzod Esanov, Ruslanbek Jiyanov, Avazbek O‘lmasaliyev, Umarali Rahmonaliyev, Jasurbek Jaloliddinov, Azizbek Amonov, Sherzod Temirov, Igor Sergeyev, Jamshid Iskanderov, Doston Hamdamov.
Maʼlumot uchun, murabbiylar shtabi rejasiga ko‘ra va o‘zaro kelishuvga muvofiq, ushbu bahs yopiq eshiklar ortida tashkil etildi hamda har biri 30 daqiqadan iborat ikki bo‘lim shaklida o‘tkazildi.