O'zbekiston MTJ Qozog'istonga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin
FOTO: UzbekistanFA
O'zbekiston milliy terma jamoasi kuzda Qozog'iston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, o'yin noyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.
Qozog'iston terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasidagi so'nggi o'yinini 15-noyabr kuni Belgiyaga qarshi o'tkazadi. Shundan so'ng, qozog'istonliklarda bo'sh kunlar bo'ladi va aynan shu davrda ushbu bahs o'tkazilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 2022-yilning 16-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan va unda vakillarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozongan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist