locale OZ

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh oshpaz va nutriolog jalb etildi

Bu haqda OFA matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh oshpaz va nutriolog jalb etildi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa futbolchilarining sog‘lom ovqatlanishini nazorat qilish, tiklanish jarayonlarini yaxshilash va umumiy tayyorgarlik sifatini oshirish maqsadida terma jamoa shtabiga ispaniyalik bosh oshpaz hamda professional nutriolog jalb etildi.

Bu tashabbus jamoa futbolchilarining to‘g‘ri ovqatlanish tartibini saqlash, energiya balansini ta’minlash va o‘yinlardagi jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajada ushlab turishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Turnirda Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari kuch sinashadi. Barcha uchrashuvlar “Hazza bin Zayd” stadionida o‘tkaziladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting