locale OZ

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘ini boshlandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yevropa safari oldidan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘ini boshlandi
photo: UFF

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘ini boshlandi

Poytaxtimizdagi Milliy terma jamoalar markazi sport zalida futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yevropa safari oldidan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi.

Mamlakat milliy chempionati — Oliy liganing 1-turidan so‘ng terma jamoa yig‘iniga jalb etilgan barcha nomzodlar mashg‘ulotlarga ko‘tarinki kayfiyatda hamda yaxshi sport formasida yetib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Murabbiylar shtabi kuniga ikki mahaldan intensiv mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida asosiy e’tibor futbolchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik va bog'lamlarni yanada mustahkamlash, jamoaviy o‘yinni shakllantirish, shuningdek, futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yanada oshirishga qaratilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15-sentabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahriga yo‘l oladi.

17–19-sentabr kunlari Vengriya milliy terma jamoasiga qarshi,
21–22-sentabr kunlari esa Amsterdam shahrida Niderlandiya milliy terma jamoasiga qarshi jami 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting