locale OZ

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yevropa safariga tayyorlanmoqda

Bugun — 2026-yilning 11-sentabr sanasidan futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yevropa safariga tayyorlanmoqda
photo: UFF

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yevropa safariga tayyorlanmoqda

Bugun — 2026-yilning 11-sentabr sanasidan futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.

Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari to‘rt kun davomida poytaxtimizdagi O‘FA Terma jamoalar markazi sport zalida mashg‘ulotlar olib borishadi. Shundan so‘ng vakillarimiz Yevropa safariga jo‘nab ketadi.

FIFA kunlari doirasidagi kelishuvga binoan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yevropaning ikki kuchli terma jamoasiga qarshi to‘rtta nazorat uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Vengriya bilan ikki uchrashuv

15-sentabr kuni erta tongda Budapesht shahriga yo‘l oladigan terma jamoamiz 17-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 da Vengriya terma jamoasiga qarshi ilk xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Ikkinchi uchrashuv esa 19-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 da boshlanadi.

Niderlandiya bilan ikki uchrashuv

Vengriya safaridan so‘ng vakillarimiz 20-sentabr kuni Niderlandiyaning Amsterdam shahriga yo‘l oladi. “Lolalar mamlakati”da Xose Mariya Mendes shogirdlarini Niderlandiya Qirolligi terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi.

Birinchi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi 21-sentabr, ikkinchi bahs esa 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Shundan so‘ng milliy terma jamoamiz a’zolari O‘zbekistonga qaytib kelishadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting