locale OZ

O'zbekiston milliy terma jamoasi nufuzli turnirda ishtirok etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston milliy terma jamoasi nufuzli turnirda ishtirok etadi
FOTO: UzbekistanFA

O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida “CAFA Nations Cup-2025” turnirida ishtirok etadi.

Ushbu musobaqada 8 ta jamoa 2 guruhga bo'lingan holda o'yinlar o'tkazadi. Guruh g'oliblari finalda to'qnash kelsa, 2-o'rinni egallagan jamoalar 3-o'rin uchun bahsga kirishadi.

Turnirga O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasi mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Musobaqada quyidagi jamoalar qantanishi rejalashtirilmoqda: O'zbekiston, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston, Afg'oniston, Eron, Ummon va Malayziya.

Eslatib o'tamiz, “CAFA Nations Cup” turniri ilk bor 2023-yilda o'tkazilgan va unda Eron chempion bo'lgan. Forslar finalda O'zbekistonni 1:0 hisobida mag'lub etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting