locale OZ

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassislar qoʻshildi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi yangi mutaxassislar bilan toʻldirildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassislar qoʻshildi
photo: UFA

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassislar qoʻshildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi yangi mutaxassislar bilan toʻldirildi.

Silvano Kotti — fizioterapevt.

Koʻp yillik xalqaro tajribaga ega Silvano Kotti faoliyati davomida Italiya milliy terma jamoasi, "Inter" , "Milan" , "Chelsi" , "Roma" hamda Xitoy milliy terma jamoasida fizioterapevt sifatida ishlagan.

Andrea Iuliano — sport nutritsiologi.

Andrea Iuliano — biolog-nutritsiolog va sport nutriyasi boʻyicha mutaxassis. U faoliyati davomida "Udineze" klubida hamda Shveytsariya U-21 terma jamoasi bilan ishlagan.

Yangi mutaxassislar Oʻzbekiston milliy terma jamoasining tayyorgarlik jarayonida futbolchilarning jismoniy holati, tiklanishi va sport ovqatlanishi yoʻnalishlarida faoliyat olib boradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting