locale OZ

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 davomida «Atlanta Yunayted» bazasida mashgʻulot olib boradi

Mazkur sport bazasi 10 iyundan hamyurtlarimiz ixtiyoriga topshiriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 davomida «Atlanta Yunayted» bazasida mashgʻulot olib boradi
FOTO: Getty Images

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Amerikaning «Atlanta Yunayted» klubi ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy bayonot berdi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati davomida ushbu AQSh klubining qarorgohida (bazasida) mashgʻulotlar olib boradi. Mazkur sport bazasi 10 iyundan eʼtiboran toʻliq hamyurtlarimiz ixtiyoriga topshiriladi.

«Xush kelibsiz, Oʻzbekiston», — deya qisqa va samimiy izoh qoldirgan «Atlanta» klubi oʻz sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, boʻlajak musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi «K» guruhidan oʻrin olgan boʻlib, guruh bosqichida quyidagi jamoalarga qarshi maydonga tushadi:

  • Kolumbiya (18 iyun)
  • Portugaliya (23 iyun)
  • DR Kongo (28 iyun)

Maʼlumot uchun, JCh-2026 joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar boʻlib oʻtadi. Dunyoning eng nufuzli turniriga ilk bor uchta mamlakat — AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Amaldagi chempion esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting