locale OZ

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Islom birdamlik o‘yinlariga tayyorgarlikni boshladi

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Islom birdamlik o‘yinlariga tayyorgarlikni boshladi
Фото: Ўзбекистон футзали

Joriy yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan VI Islom birdamlik o‘yinlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.

Nodir Eliboyev boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan ushbu yig‘in uchun Oliy Liga so‘nggi tur uchrashuvlarida faol ishtirok etib, o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan 16 nafar futbolchi saralab olindi. Ular orasida milliy terma jamoa tarkibiga ilk bor chaqirilgan futbolchilar ham mavjud.

Yig‘inning dastlabki kunida murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatini mustahkamlash, jamoaviy o‘yinni yaxshilash, maydondagi o‘zaro tushunishni kuchaytirish, bog‘lamli harakatlarni shakllantirish, standart vaziyatlardan unumli foydalanish va turli kombinatsiyalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratdi.

Tayyorgarlik jarayoni doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi qo‘shni Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni ham rejalashtirgan. Mazkur nazorat o‘yini 2025-yil 16-oktabr kuni, soat 17:00 da “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting