locale OZ

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Bu haqida UFA rasmiy sahifasi orqali ma'lum qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
photo: Surxon fk

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

Futbolchida o‘ng oyoq panja (plyusnevoy) suyagi sinishi tashxisi tasdiqlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tibbiy qo‘mitasi tomonidan xorijiy va mahalliy sport shifokorlari bilan birgalikda tegishli muhokamalar olib borildi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, futbolchining tezroq safga qaytishi hamda jarohat qaytalanishining oldini olish maqsadida operatsiya amaliyoti bajarildi.

Hozirda futbolchining holati barqaror bo‘lib, reabilitatsiya jarayoni boshlanadi. Dastlabki rejalarga ko‘ra, Behruz Karimov taxminan 1 oy muddatda safga qaytishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting