locale OZ

O'zbekiston milliy jamoasi tibbiy shtabiga tajribali mutaxassislar jalb etildi

Jahon chempionatiga tayyorgalik olib borayotgan jamoamizning tibbiy shtabiga bir qator tajribali mutaxassislar jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston milliy jamoasi tibbiy shtabiga tajribali mutaxassislar jalb etildi
photo: UFA

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mart oyida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari doirasida FIFA Series musobaqasida ishtirok etishidan xabaringiz bor.

Jahon chempionatiga tayyorgalik olib borayotgan jamoamizning tibbiy shtabiga bir qator tajribali mutaxassislar jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Xususan, uzoq yillar davomida Italiya milliy terma jamoasi shifokori sifatida faoliyat yuritgan, sport tibbiyoti va ortopediya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis Enriko Kastellachchi #MilliyJamoa tibbiy shtabida ish boshlaydi. Kastellachchi Italiya futbol shifokorlari assotsiatsiyasi prezidenti hamda Italiya ortoped-travmatologlari milliy assotsiatsiyasi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat olib borgan.

Shuningdek, terma jamoa tibbiy shtabiga italiyalik fizioterapevt — Simyone Sidjilyo ham jalb etildi. Ushbu mutaxassis faoliyati davomida “Palermo”, “Salernitana” va “Benevento” klublarida ishlagan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting