O‘zbekiston milliy jamoasi Suriyaga qarshi bahsni «Paxtakor» stadionida o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy jamoasi Suriyaga qarshi bahsni «Paxtakor» stadionida o‘tkazadi
Ushbu bahs 1 oktyabr kuni soat 19:00da start oladi.
O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik bellashuvi 1 oktyabr kuni o‘tkazadi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi «oq bo‘rilar» shu kuni Toshkentda Suriya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs «Paxtakor» stadionida soat 19:00da boshlanadi.
Milliy jamoa 24 sentyabr kuni Farg‘onada Eronga qarshi o‘ynab, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Eldor Shomurodov bellashuvda dublni rasmiylashtirgan. Yana bir Husayn Norchayev hisobiga yozilgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Turnir 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. B guruhida ishtirok etadigan milliy jamoasi keyingi bosqich yo‘lida Bahrayn, Shimoliy Koreya va Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.