Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasiga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi
Tarixda ilk bor 2029 yilda ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.
Фото: ЎФА
Yurtimiz so‘nggi yillarda FIFA va OFK miqyosidagi yirik musobaqalarni qabul qilish borasida katta qadamlar tashlamoqda.
Xususan, tarixda ilk bor 2029 yilda ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida mazkur musobaqaga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda UFA rahbariyati, OFK bosh kotibining oʻrinbosari Shin Man Gil, OFK musobaqalarni tashkil etish boʻlimi boshligʻi Avaz Berdikulov va musobaqalarni oʻtkazish menejeri Hinan Yin ishtirok etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist