Xayr, O‘zbekiston kubogi 2025!
PHOTO: Telegram
O'zbekiston kubogi B guruhining ikkinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

“Lochin” mehmoni bo'lgan “Andijon” 2:1 hisobida kutilmaganda mag'lubiyatga uchradi. Natijada “burgutlar” O‘zbekiston kubogining amaldagi g’olibi sifatida musobaqa bilan xayrlashdi.

2023-yilgi Kubok sohibi Nasaf 2024-yil guruh bosqichida qolib ketdi. 2024-yilgi Kubok sohibi Andijon esa 2025-yil guruh bosqichida qolib ketdi.

Qiziqarlisi 2025 yilgi O'zbekiston kubogining final uchrashuvi Andijon shahridagi “Bobur arena” o'yingohida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor