locale OZ

O‘zbekiston Kubogi–2026 finaliga 2 kun qoldi!

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Kubogi–2026 g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 O‘zbekiston Kubogi–2026 finaliga 2 kun qoldi!
photo: UFF

Mamlakatimiz futzalining yana bir nufuzli musobaqasi — O‘zbekiston Kubogining 2026-yilgi mavsumi o‘zining hal qiluvchi pallasiga yetib keldi. Katta FINAL uchrashuvi boshlanishiga atigi ikki kun qoldi!

Final bahsida amaldagi Kubok sohibi — Jizzaxning “BMB PFC” jamoasi 2026-yilgi mavsum kashfiyoti, Oliy liganing kumush medali sovrindori — Toshkentning “SQB” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

3-iyun, 2026-yil
Soat 18:00
“Yunusobod” sport majmuasi, Toshkent shahri

Zamonaviy va hujumkor futzal namoyish etayotgan ushbu jamoalar o‘rtasidagi FINAL bahsi muxlislarga unutilmas lahzalarni taqdim etishi kutilmoqda. Keskin kurashlar, chiroyli kombinatsiyalar, betakror gollar va yuqori darajadagi mahorat namunalaridan bahramand bo’lishni istasangiz “Yunusobod” sport majmuasiga albatta tashrif buyuring!

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Kubogi–2026 g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting