O‘zbekiston kubogi. \"Xorazm\" – \"Navbahor\" o‘yini Jizzaxda o‘tkaziladi
Bellashuv 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Photo: UzPFL
O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Xorazm” — “Navbahor” o‘yini Jizzaxda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Bellashuv 2 iyul kuni “So‘g‘diyona” stadionida bo‘lib o‘tadi.
PFL matbuot xizmati yozishicha, “Xorazm” klubining uy stadioni mavsumga tayyor bo‘lmagani sababli, jamoa uchrashuvni Jizzaxda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
«Xorazm» mavsum boshidan beri uy o‘yinlarini “So‘g‘diyona” o‘yingohidan tashqari, Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida ham o‘tkazdi.
Kecha play-off o‘yinlarida “Bunyodkor" va “Sho‘rtan” g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist