locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Xorazm” dahshatli kambek amalga oshirib, “Olimpik Mobiuz”ni taslim etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Xorazm” dahshatli kambek amalga oshirib, “Olimpik Mobiuz”ni taslim etdi
O'zbekiston Kubogi. “Xorazm” dahshatli kambek amalga oshirib, “Olimpik Mobiuz”ni taslim etdi

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan “Olimpik Mobiuz” - “Xorazm” bahsi o'z yakuniga yetdi.

Uchrashuvda hisob 15-daqiqada Murodjon Komilov tomonidan ochildi (1:0). Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Rustambek Fomin mezbonlarning ustunligini mustahkamladi (2:0).

72-daqiqada esa Rustamjon Abduhamidov oradagi farqni bittaga qisqartirdi. 87-daqiqada esa Dilshod Jo'rayev penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Temurbek Ismoilov xorazmliklarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:3). Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas Shahrom Samiyev hisobni 2:4 ko'rinishiga olib keldi.

Shu tariqa, “Xorazm” 2:0 hisobida ortda borib, yakunda kambek amalga oshirdi va uch ochko egasiga aylandi.

O'zbekiston Kubogi | 1-tur

“Olimpik Mobiuz” 2:4 “Xorazm”

Gollari: Murodjon Komilov 15' (1:0), Rustambek Fomin 63' (2:0), Rustamjon Abduhamidov 72' (2:1), Dilshod Jo'rayev 87' pen (2:2), Temurbek Ismoilov 90+5' (2:3), Shahrom Samiyev 90+6' (2:4).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting