locale OZ

O‘zbekiston kubogi tarixi va 2026-yilgi final oldidan muhim faktlar

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi 1996/1997-yilgi mavsumdan e’tiboran o‘tkazib kelinmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 O‘zbekiston kubogi tarixi va 2026-yilgi final oldidan muhim faktlar
photo: UFF

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi 1996/1997-yilgi mavsumdan e’tiboran o‘tkazib kelinmoqda.
Dastlabki mavsumda mamlakat kubogi musobaqasida Andijonning “Turon-Soliqchi” jamoasi muvaffaqiyat qozongan.
O‘zbekiston kubogining amaldagi g‘olibi esa Jizzaxning BMB klubi hisoblanadi.
O‘tgan mavsum “Oq yo‘lbarslar” hal qiluvchi final uchrashuvida “Oil Star” jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Hozirgacha O‘zbekiston kubogi musobaqasida 16 ta jamoa sovrinni boshi uzra baland ko‘targan. Eng ko‘p zafar quchgan jamoa Toshkentning “Ardus” mini futbol klubi sanaladi. Poytaxtliklar 6 marta O‘zbekiston kubogiga ega chiqishgan.
Toshkent viloyatining OKMK futzal jamoasi Aleksandr Petrov boshchiligida 3 marta mamlakat kubogi finalida muvaffaqiyat qozongan. Shuningdek, "BMB PFC" ham kubokni uch marta boshi uzra baland ko'targan.
Uchta jamoa — “Turon-Soliqchi”, “Lokomotiv”, “Maksam-Chirchiq” hisobida 2 tadan kubok bor.

O‘zbekiston kubogining barcha sohiblari:
“Ardus” — 6 marta
OKMK — 3 marta
BMB PFC— 3 marta
“Turon-Soliqchi” — 2 marta
“Lokomotiv” — 2 marta
“Maksam-Chirchiq” — 2 marta
“Ro‘zmat Madaminov”, “Koson”, “Soliqchi”, “Termo”, DJQA, “Stroitel-Zarafshon”, “Uchquduq”, “Jizzax Soliqchi”, “Bunyodkor”, “Jizzax Kenteks” — 1 martadan.

2026-yilgi mavsum O‘zbekiston kubogi bahslarida 19 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar qur’aga ko‘ra 4 ta guruhga taqsimlandi.
Bir davrali guruh bosqichi hamda chorak final uchrashuvlari Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida o‘tkazildi.
Yarim final bosqichida jamoalar ikki uchrashuvdan iborat qarama-qarshiliklarda g‘olib nomini aniqlashdi va ushbu bosqichga Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasi mezbonlik qildi.

O‘zbekiston kubogi–2026. FINAL
3-iyun 2026-yil
Soat 18:00
“Yunusobod” sport majmuasi

BMB PFС 🆚 SQB

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting