locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “So'g'diyona” “Xorazm FA”ni qiyinchiliksiz mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “So'g'diyona” “Xorazm FA”ni qiyinchiliksiz mag'lub etdi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan bahsda “So'g'diyona” o'z maydonida “Xorazm FA”ni qabul qildi va yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab hisob 11-daqiqada Sahob Rashidov tomonidan ochildi (1:0). 21-daqiqada esa Sardorbek Erkinov farqni ikkitaga yetkazdi (2:0) va 41-daqiqada dublni rasmiylashtirdi (3:0).

61-daqiqada Umid Sultonov uchrashuvga mantiqiy nuqta qo'ydi (4:0).

Shu tariqa, “So'g'diyona” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 9 taga yetkazib olib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'zbekiston Kubogi | “A” guruhi, 3-tur

“So'g'diyona” 4:0 “Xorazm FA”

Gollar: Sahob Rashidov 11' (1:0), Sardorbek Erkinov 21' (2:0), Sardorbek Erkinov 41' (3:0), Umid Sultonov 61' (4:0).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting