locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “So'g'diyona” “Sementchi” darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “So'g'diyona” “Sementchi” darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi
FOТО: FC So'g'diyona

O'zbekiston Kubogi 2-turidan o'rin olgan bahsda “So'g'diyona” va “Sementchi” o'zaro bahs olib bordi va yakunda mezbonlar yirik hisobda g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 5-daqiqada Sahob Rashidov tomonidan ochildi (1:0). 36-daqiqada esa Sardorbek Erkinov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0).

Ikkinchi bo'lim boshida Sardorbek Hoshimov hisobdagi farqni uchtaga yetkazgan bo'lsa (3:0), oradan besh daqiqa o'tib Hoshimovning o'zi dublni rasmiylashtirdi (4:0).

Shu tariqa, “So'g'diyona” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 6 taga yetkazib, “A” guruhida peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

O'zbekiston Kubogi | 2-tur

“So'g'diyona” 4:0 “Sementchi”

Gollar: Sahob Rashidov 5' (1:0), Sardorbek Erkinov 36' (2:0), Sardorbek Hoshimov 51' (3:0), Sardorbek Hoshimov 56' (4:0).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting