locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “So'g'diyona” safarda “Aral”ni yirik hisobda mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “So'g'diyona” safarda “Aral”ni ishonchli hisobda mag'lub etdi
FОТО: FC ARAL

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan “Aral” va “So'g'diyona” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va unda jizzaxliklar yirik hisobda g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 27-daqiqada Sahob Rashidov tomonidan ochildi (0:1). 84-daqiqada esa Sardorbek Erkinov ustunlikni mustahkamlab qo'ydi (0:2).

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Samandarjon Mavlonqulov hisobni yirik ko'rinishga keltirdi (0:3).

Shu tariqa, “So'g'diyona” Kubok bahslarini g'alaba bilan boshlab, uch ochko egasiga aylandi.

O'zbekiston Kubogi | 1-tur

“Aral” 0:3 “So'g'diyona”

Gollar: Sahob Rashidov 27' (0:1), Sardorbek Erkinov 84' (0:2), Samandarjon Mavlonqulov 90+5' (0:3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting