locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Sho'rtan” o'z maydonida “Olimpik”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Sho'rtan” o'z maydonida “Olimpik”ga imkoniyat qoldirmadi
FОТО: FC OLIMPIK

O'zbekiston Kubogi 2-turidan o'rin olgan bahsda “Sho'rtan” va “Olimpik” o'zaro to'qnash keldi va yakunda g'uzorliklar yirik hisobda g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 13-daqiqada Temur Mamasiddiqov tomonidan ochildi. 69-daqiqada esa Shahboz Nuriddinov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Sirojiddin Qo'ziyev penaltidan unumli foydalanib, hisobni 3:0 ko'rinishiga olib keldi.

Shu tariqa, “Sho'rtan” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 4 taga yetkazib, “D” guruhida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

O'zbekiston Kubogi | 2-tur

“Sho'rtan” 3:0 “Olimpik”

Gollar: Temur Mamasiddiqov 13' (1:0), Shahboz Nuriddinov 69' (2:0), Sirojiddin Qo'ziyev 90+5' (3:0).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting