locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Sho'rtan” “Ishtixon” darvozasiga javobsiz oltita to'p kiritib, keyingi bosqich masalasini hal qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Sho'rtan” “Ishtixon” darvozasiga javobsiz oltita to'p kiritib, keyingi bosqich masalasini hal qildi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan “Sho'rtan” - “Ishtixon” uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda g'uzorliklar yirik 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 41-daqiqada Azizbek Pirmuhammadov tomonidan ochildi (1:0). Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa G'anisher Qodirov ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi (2:0).

61-daqiqada Sirojiddin Qo'ziyev penaltidan unumli foydalanib, hisobni yanada yiriklashtirdi (3:0). 74-daqiqada Choriyor Tursunov jamoasining to'rtinchi goliga mualliflik qildi (4:0).

Shuningdek, Mirkomil Abdurazzoqov 80 va 90+3-daqiqalarda gol urib, uchrashuvga nuqta qo'ydi (6:0).

Shu tariqa, “Sho'rtan” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 7 taga yetkazib olib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'zbekiston Kubogi | “D” guruhi, 3-tur

“Sho'rtan” 5:0 “Ishtixon”

Gollar: Azizbek Pirmuhammadov 41' (1:0), Gʻanisher Qodirov 45+2' (2:0), Sirojiddin Qoʻziyev 61' pen (3:0), Choriyor Tursunqulov 74' (4:0), Mirkomil Abdurazzoqov 80' (5:0), Mirkomil Abdurazzoqov 90+3' (6:0)

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting