locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Sho'rtan” “Aral”ni yengib, chorak finalga yo'l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Sho'rtan” “Aral”ni yengib, chorak finalga yo'l oldi
FOTO: FC Sho'rtan

O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan “Sho'rtan” va “Aral” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va unda mezbonlar yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 27-daqiqada Temur Mamasiddiqov tomonidan ochildi. 41-daqiqada Nuriddin Hasanov farqni ikkitaga yetkazdi.

60-daqiqada Doniyor Narzullayev hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. 87-daqiqada esa Zulpuqar Quanishbayev mehmonlarning yagona javob to'piga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Asadbek Saitxonov hisobdagi farqni yana uchtaga yetkazib qo'ydi.

Shu tariqa, “Sho'rtan” chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston Kubogi | 1/8 final

“Sho'rtan” 4:1 “Aral”

Gollar: Temur Mamasiddiqov 27' pen (1:0). Nuriddin Hasanov 41' (2:0), Doniyor Narzullayev 60' (3:0), Zulpuqar Quanishbayev 87' (3:1), Asadbek Saitxonov 90+3' (4:1).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting