locale OZ

O'zbekiston Kubogi. Sakkizta gol kiritilgan o'yinda “Zomin” “Andijon FA”dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. Sakkizta gol kiritilgan o'yinda “Zomin” “Andijon FA”dan ustun keldi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan “Zomin” va “Andijon FA” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va unda mezbonlar yirik 5:3 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 7-daqiqada Umidjon Turg'unov tomonidan ochildi (1:0). 27-daqiqada Sergey Proxorov farqni ikkitaga yetkazdi (2:0). 31-daqiqada Abduvohid Oxtayev ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi (3:0).

39-daqiqada Akbar Xudayberdiyev o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi (3:1). 53-daqiqada Baxtiyor Tojiyev hisobni yanada yiriklashtirdi (4:1).

58-daqiqada Abduvohid Oxtayev dublni rasmiylashtirdi (5:1). 70-daqiqada Muhammaddiyor Hurxonov hisobni qisqartirdi (5:2). 90+3-daqiqada esa Patiddin Zuxriddinov mehmonlarning uchinchi goliga mualliflik qildi (5:3).

Shu tariqa, “Zomin” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 4 taga yetkazib oldi, biroq guruhda qolib ketdi.

O'zbekiston Kubogi | “F” guruhi, 3-tur

“Zomin” 5:3 “Andijon FA”

Gollar: Umidjon Turg’unov 7' (1:0), Sergey Proxorov 27' (2:0), Abduvohid Oxtayev 31' (3:0), Akbar Xudayberdiyev 39' avtogol (3:1), Baxtiyor Tojiyev 53' (4:1), Abduvohid Oxtayev 58' (5:1), Muhammadiyorbek Hurxonov 70' (5:2), Patidin Zuhriddinov 90+3' (5:3)

Chetlatish: Diyorbek Tojiyev 85' (Zamin)

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting