O'zbekiston Kubogi. “Qo'qon-1912” o'z maydonida “Zomin” bilan durang o'ynadi
FOTO: UZPFL
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan bahsda “Qo'qon-1912” va “Zomin” o'zaro to'qnash keldi va yakunda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida Javohir Husanov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Alisher Mo'minov oradagi muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, jamoalar birinchi turda bir ochkodan bo'lishib oldi.
O'zbekiston Kubogi | 1-tur
“Qo'qon-1912” 1:1 “Zomin”
Gollar: Javohir Husanov 16' (1:0), Alisher Mo'minov 73' (1:1).
Nasrullo Karimov
Jurnalist