locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Qizilqum” “Andijon FA” darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Qizilqum” “Andijon FA” darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi
FОТО: QIZILQUM PFK

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan “Qizilqum” va “Andijon FA” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va yakunda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 25-daqiqada Davron Anvarov tomonidan ochildi (1:0). Ikkinchi bo'lim boshida Diyor Rahmatullayev ustunlikni mustahkamladi (2:0).

Fayzullobek Jumanqo'ziyev 66-daqiqada hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirgan bo'lsa, Dilshodjon Komilov ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda jamoasining to'rtinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, “Qizilqum” birinchi turda yirik g'alabaga erishib, uch ochko egasiga aylandi.

O'zbekiston Kubogi | 1-tur

“Qizilqum” 4:0 “Andijon FA”

Gollar: Davron Anvarov 25' (1:0), Diyor Rahmatullayev 51' (2:0), Fayzullobek Jumanqo'ziyev 66' (3:0), Dilshodjon Komilov 90+2' (4:0).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting